TOSHKENT SHAHAR MIROBOD TUMANI 22-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

100015 Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 30-uy

Теl.: +998 71 256-05-65, +998 71 252-26-78

Assalomu alaykum!

Mirobod tumani 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining rasmiy saytiga xush kelibsiz!

Bolalarni estetik tarbiyalashda musiqa va san’atning tutgan o‘rni beqiyosdir. 1970-yilda tashkil etilgan va o‘z yo‘nalishida nafaqat Toshkent shahri, balki, respublika ta’lim muassasalari ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Mirobod tumani 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi farzandlarimizga musiqa va san’at soxasida ta’lim berib kelishda katta ishlarni amalga oshirib kelyapti.

Xalqimiz milliy madaniyati va san’atini ravnaq toptirish, uning o‘ziga xos maktab va an’analarini rivojlantirish yo‘lida hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik navqiron avlod ma’naviyatini yanada yuksaltirish, istiqlol yillarida ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda erishgan yutuqlarimizni jahonga namoyon etishdek ulug‘vor maqsadlarga xizmat qilmoqda. O‘tgan davr mobaynida 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabini bitirgan yuzlab o‘quvhilar hozirgi kunda turli san’at muassasalarida faoliyat ko‘rsatishmoqda.

Maktabimizning ushbu saytida Siz maktabdagi mavjud ta’llim yo‘nalishlari, faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar, musiqa va san’at soxasiga taalluqli bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, davlat ta’llim standartlari, ta’lim dasturlari, maktab yangiliklari va soxaga oid boshqa hujjatlar bilan tanishib borishingiz mumkin. Sizni qiziqtirgan savollar bo‘yicha onlayn murojaat qilishingiz mumkin.

22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori

RASULOVA FERUZA YUSUPOVNA

Maktab yangiliklari

Barcha yangiliklarga o‘tish

Maktabda faoliyat ko‘rsatadigan bo‘limlar

Maktab ko‘rsatkichlari

Maktab tashkil etilgan yil
1970
Maktab sig‘imi (o‘quvchiga mo‘ljallangan)
150
Ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni
327
Faoliyat ko‘rsatadigan pedagoglar soni
45
Ta’lim yo‘nailishlari soni
13
Maktab tashkil etilgan yil
1970
Maktab sig‘imi (o‘quvchiga mo‘ljallangan)
150
Ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni
327
Faoliyat ko‘rsatadigan pedagoglar soni
45
Ta’lim yo‘nailishlari soni
11

Maktab ko‘rsatkichlari batafsil